Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

CHORAKLIK SUMMATIV BAHOLASH AMALIYOTI JORIY ETILGAN MUASSASA RAHBARLARI BILAN OCHIQ MULOQOT O'TKAZILDI

12-iyul 2024-yil
image

Xabaringiz bor, o‘quvchi yoshlarni bilim darajalari yanada yaxshilash hamda ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida viloyatda 
88 ta ta’lim muassasalari tajriba-sinov tariqasida choraklik summativ baholash amaliyotiga o‘tgan.

Joriy yilning 12-iyul kuni mazkur amaliyot joriy etilgan muassasalar va Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o’tkazilib, unda Boshqarma boshlig’i O‘.Shukurov tomonidan ushbu maktablar direktor imidjini shakllantirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ikkita til va bitta kasbni o‘quvchilarga o‘rgatishda lokomotiv vazifasini o‘tab berishlari zarurligi ta’kidlandi.

Qolaversa Ixtisoslashtirilgan maktablardagi yetuk chet-tili ustozlari ko‘magida ingliz tili o‘qituvchilarining bilim ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Metodik karvon”larni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

1

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb