Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI MMTB JAMOATCHILIK KENGASHI HAMDA OAV VAKILLARI ISHTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI VA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
25-aprel 2024-yilXabaringiz bor, kelajak avlodga munosib taʼlim va tarbiya berish masalalari umummilliy dasturga aylanib, Yangi Oʻzbekistonning rivojlanishi yoʻlidagi eng muhim omillardan biri xisoblanadi.
Viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida fahriy ustozlar va OAV vakillari ishtirokida muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda soʻz olgan boshqarma boshligʻi R.Karimov tomonidan taʼlimni yanada rivoji uchun ustozlar tajribasiga ehtiyoj bor ekanligini alohida taʼkidlanib, viloyatimizning koʻzga koʻringan taʼlim namoyondalari aʼzoligidagi “Jamoatchilik Kengashi”ni tuzish taklifi ilgari surilib, bu taklif bir ovozdan maʼqullandi.
Kun davomida fahriylar “Prezident maktabi”da oʻquvchilarga yaratilgan imkoniyatlarni koʻzdan kechirib, shahrimizda 8-umumtaʼlim maktabida jamoasi bilan taʼlim sifatini oshirish boʻyicha oʻz fikr mulohazalarini oʻrtoqlashdi
.