Yangiliklar
ANDIJONDA PЕDAGOGLAR ATTESTATSIYASIDA YARATILGAN SHART-SHAROITLARGA BAG’ISHLANGAN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
22-aprel 2024-yilXabaringiz bor, Viloyatimizda joriy yilning 15-aprel kunidan boshlab umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga start berildi.
Mazkur test jarayonlarida talabgor ustozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinovlarni odilona va shaffof tarzda o’tishini ta’minlash yo’lida amalga oshirilayotgan ishlardan boxabar qilish maqsadida viloyatimizdagi telekanallar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Tadbir boshida Boshqarma ma’sullari tomonidan attestatsiya jarayonlariga oid savol-javoblarga bag’ishlangan "Ochiq muloqot" tashkil etilib, so’ngra zamonaviy talablar asosidagi “Bilimlarni baholash markazi”da yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar.