Yangiliklar
MARHAMAT TUMANIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY YO'NALISHDA SEMINAR O'TKAZILDI
7-avgust 2024-yilXabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 7-iyul kuni Marhamat tumanidagi muassasa rahbarlari, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o'tkazilgan seminar ham aynan shu mavzuda bo'lib o'tdi.
Unda boshqarma boshlig'i o'rinbosari G.Omonova tomonidan Davlat xizmatchisining kasb etikasi va majburiyati, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy usullari va “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar yuzasidan kerakli tavsiyalar berib o'tildi.