Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIGʻI OʻZIGA BIRIKTIRILGAN SHAXRIHONLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI
12-avgust 2024-yilYurtimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni katta hayot yo‘lida o’z o’rinlarini topish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni munosib kasb-hunarga ega bo‘lishlari uchun har bir rahbar ma’sul tamoyili asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan joriy yilning 12-avgust kuni Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.Shukurov Shahrixon tumanidan oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan ko’rishib, ular bilan muloqotda bo’ldi.
Suhbatda Boshqarma boshlig’I tomonidan aynan yoshlar muammolarini tizimli hal etish bo’yicha toifalab chiqilib, ularga har tomonlama ko’mak berish maqsadida aynan shu kabi muloqotlar tashkil etilayotganligi alohida ta’kidlanib, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi.