Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG’INING “QABUL KUNI” O’TKAZILDI

23-avgust 2024-yil
image

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan inson qadrini ulug‘lash, aholini rozi qilish hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash yo‘nalishlaridagi qator tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida tizim rahbarlari tomonidan belgilangan jadvallar asosida “Qabul kun”lari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 23-avgust kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Boshqarma boshlig‘i U.Shukurov ishtirokida qabul jarayonlari o‘tkazilib, unda tizim vakillari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.

Sayyor qabul davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan jami 37 ta murojaatlar tinglanib, mazkur murojaatlardan 12 tasi ijobiy hal etildi, 19 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa 6 ta murojaatlar muddat talab etiladigan masala ekanligi bois tegishli ma’sullar biriktirilgan holda murojaatlar nazoratga olindi.

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb