Yangiliklar
ANDIJONDA “MEZONLARGA ASOSLANGAN BAHOLASH” MAVZUSIDAGI O‘QUV-TRENINGGA MASHG‘ULOTLARI BO‘LIB O‘TDI
24-avgust 2024-yilAndijon shahridagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan (etilayotgan) umumiy o‘rta ta'lim maktablarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun "Mezonlarga asoslangan baholash" mavzusida o‘quv-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ma'lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yilida viloyatimizdagi 32 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida yangi baholash tizimi joriy etilgan bo‘lsa, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab 56 ta qo‘shimcha jami 88 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilmoqda.