Yangiliklar
Andijonda III “Ustozlar milliy forumi” boʻlib oʻtdi
28-avgust 2024-yilViloyatimizda “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida III “Ustozlar milliy forumi” boʻlib oʻtdi.
Unda ishtirok etgan viloyatimiz rahbari barcha maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlarini yaqinlashib kelayotgan yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Shu bilan birga, prezidentimiz topshiriqlariga asosan Andijonga taqdim etilgan 24 milliard soʻmlik “Sovgʻalar karvoni” oʻz egalariga topshirdi. Jumladan, ushbu sovgʻalarda jamlangan oʻquv jihozlari viloyatimizdagi barcha maktablarga yetkazildi.
Xususan, 95 ta sinf uchun kompyuter jamlanmalari, 7 xil turdagi jami 5 ming 355 ta musiqiy asboblar toʻplami, 5 xil turdagi 32 ming 113 ta sport inventarlari maktablar sari yoʻl oldi.
Milliy forum davomida 2024-2025 oʻquv yillari Andijonda “Oʻquvchi-yoshlarga milliy qadriyatlar ruhida zamonaviy taʼlim berish yili” deb eʼlon qilindi.