Yangiliklar
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik tantanasiga bag‘ishlangan bayram tadbirida Andijon viloyati ta'lim tizimi vakillari ham yuksak e'tirof va unvonlar bilan taqdirlandilar.
30-avgust 2024-yilAndijon viloyati, Andijon tumani 29-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining jismoniy-tarbiya fani oʻqituvchisi Gʻulomov Botirjon Zokirjonovich
Andijon viloyati, Marhamat tumani 31-umumta’lim maktabi nemis tili fani o‘qituvchisi Karimova Feruza Mo‘minjonovnalar ta'lim tizimi samaradorigini oshirish yo'lida olib borgan samarali faoliyatlari uchun "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi yuksak e'tirofga sazovor bo'lgan fidoyi ustozlarimizni yosh avlodga munosib ta'lim-tarbiya berishdek sharafli va ma'suliyatli kasblarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.