Yangiliklar
Viloyat hokimi “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirida ishtirok etdi
4-sentabr 2024-yil
Bugun viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi 13-umumtaʼlim maktabidagi boʻlib oʻtgan “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirida qatnashdi.
Ota-onalar va oʻquvchilarga oʻzining samimiy tabriklarini bildirgan holda, 1-sinf oʻquvchilariga prezidentimiz sovgʻalarini topshirdi.
Bundan tashqari, maktabdagi zamonaviy kutubxona faoliyati, oʻquvchilarning fikrlari va takliflari oʻrganildi.
Shuningdek, yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida “Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!” mavzusida mustaqillik darsi oʻtkazildi.