Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Viloyat hokimi 30-maktabning bitiruvchi yoshlari bilan uchrashdi

16-sentabr 2024-yil
image

Andijon viloyat hokimining bitiruvchi yoshlar navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Andijon shahridagi 30-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan uchrashuvda 100 nafarga yaqin bitiruvchilar qatnashdi.

Oʻquvchi yoshlar bilan muloqot davomida yoshlarning vatanparvarligi hamda yurtga boʻlgan muhabbatini yuksaltirish, ular orasida milliy qadriyat va anʼanalarimizni keng targʻib qilish, xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga yoʻnaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv soʻngida viloyat hokimi tashabbusi bilan oʻquvchi yoshlar Andijonda yangi barpo etilayotgan “Vatanparvar” bogʻiga sayohatga taklif etildilar.

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb