Yangiliklar
MILLIY GVARDIYA TOMONIDAN BIR GURUH TA’LIM VAKILLARI TAQDIRLANDI
4-oktabr 2024-yilYurtboshimiz tomonidan yosh avlodga sifatli ta’lim va sharqona tarbiya berish ishlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, o‘quvchilarni muntazam dars mashg’ulotlarida ishtirokini ta’minlash hamda ular o‘rtasida turli salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish yo‘nalishida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amaliy ishlar tashkil etilmoqda.
Aynan mazkur masalalarda hamkorlikda ish tashkil etib, samarali natija ko‘rsatgan bir guruh ta’lim muassasa rahbarlari va tizim vakillarini "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Maktabgacha va maktab tizimining bir guruh vakillari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan “Ma’naviyat a’lochisi” ko‘krak nishoni, Milliy gvardiya Faxriy yorlig‘i, Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashakkurnomasi hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.