Yangiliklar
Bilimdon oʻquvchilar taqdirlandi
7-oktabr 2024-yilAndijon viloyati hokimi xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritishda yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar Dilobar Abduvahobova hamda Muhammadsaid Tursunov bilan uchrashdi.
Viloyat rahbari oʻquvchilarning ustozlari va oilasi ishtirokidagi uchrashuvda oʻzining samimiy fikrlarini bildirib oʻtdi:
-Andijon yoshlarining yutuqlarini koʻrganimda hurmatli yurtboshimiz ishongan, buyuk ajdodlarimizning ilm-maʼrifat yoʻlini qaytadan qurayotgan oʻgʻil-qizlarimiz yetishib chiqayotganidan cheksiz bahtiyorlikni his qilaman! Eng avvalo, farzand taʼlimiga boʻlgan eʼtiboringiz, masʼuliyatingiz uchun Siz aziz ota-onalarga minnatdorchilik bildiraman. Shu bilan birga, oʻquvchilarimizning jonkuyar ustoz va murabbiylariga mehnatlari uchun rahmat aytaman. Ishonamanki, hali bu hammasi emas. Farzandlarimizga taʼlim olishdan va bilim toʻplashdan aslo toʻxtamaslikni aytishni istardim. Hurmatli yurtboshimiz va ona vatanimiz Sizlarga ishonadi, -deya taʼkidladi Shuhratbek Abdurahmonov.