Yangiliklar
TA'LIM VAKILLARI TOMONIDAN YANGI ANDIJONDA "SOGʻLOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM" YURISH MARAFONI OʻTKAZILDI
2-noyabr 2024-yilViloyatimizda sogʼlom turmush tarziga rioya etish va aholi oʼrtasida jismoniy madaniyatni shakllantirish maqsadida qator tashabbuslar ilgari surilib, tizim vakillari ishtirokida sog’lomlashtirish aksiyalari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 2-noyabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi, tizim tasarrufidagi ta’lim muassasalari rahbarlari, jismoniy-tarbiya fani o’qituvchilari hamda ko‘ngilli ustozlar ishtirokida “Sog’lom hayot uchun 5000” qadam shiori ostida piyoda yurish aksiyasi tashkil etildi.
Shuningdek yurish yakunida Yangi Andijonda barpo etilgan “Vatanparvarlik bog’i”da Andijon shahar va Andijon tumanidagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida “Musiqiy badantarbiya” mashg’ulotlari ham o‘tkazildi.