Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

ANDIJON VILOYATI HOKIMI SOVRINI UCHUN CHET TILLARI FAN OLIMPIADASI O'TKAZILDI

19-mart 2025-yil
image

Xabaringiz bor, yurtboshimiz tomonidan yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda o’quvchi-yoshlarni ta’lim muassasalarini ikkita xorijiy tilni egallab chiqishlarini ta’minlashga qaratilgan qator islohotlar olib borilmoqda.

Ushbu islohotlarga hamoxang ravishda joriy yilnnig 17-18-mart kunlari Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan Andijon davlat chet tillari instituti bilan hamkorlikda maktab o’quvchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi sovirini uchun” Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz tili) fan olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur bosqichda 5-11-sinflardan ingliz, nemis, fransuz tillaridan tuman (shahar)larida g‘olib bo‘lgan 1 ming 200 nafardan ziyod o‘quvchilar ishtirok etib, yakunda 63 nafar iqtidorli o’quvchilar faxrli 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | (https://t.me/and_vxtb) Facebook | (https://www.facebook.com/andijon.mmtb/) Web sayt (https://andijon.uzedu.uz/uz)

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb