Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

VAZIRLIK VAKILLARI ISHTIROKIDA ANDIJONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

7-noyabr 2024-yil
image

“Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish" mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur muloqotlarning navbatdagisi Andijon viloyatida bo‘lib, unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat xizmati xodimlari E.Xudaybergenov, G’.Sodiqov hamda boshqarma boshlig‘i U.Shukurovlar tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, davlat haridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to’qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.

Muloqot davomida vazir vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan tarqatma materiallar xodimlarga tarqatilib, Korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallari keng targʻib qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan targʻibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil oʻqib oʻrganish uchun yetkazildi.

“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar oʻrganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ular tomonidan har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, xodimlarda “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirish uchun ularni huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, unga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik maviudligi haqida rasman ogohlatirildi.

Ochiq muloqotda Andijon viloyati Prokuraturasi ma'sul xodimi N.Qayumov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili F.Najimovlar ham ishtirok etib, ular tomonidan ta’lim soxasini shaffof va korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, o'quvchi-yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish va ularni turli yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishlaridan ehtiyot qilish yo‘lida hamkorlikni yanada yaxshilash zarurligi bildirildi.

Muloqot so’ngida ishtirokchilarga korrupsion harakatlarning ayanchli yakunlariga bag’ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etilib, har bir ta’lim muassasa rahbari bilim dargohlarida halollik va shaffoflikni ta’minlash uchun ma’sul ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb