Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Xoʻjaobod tumanida "RAQAMLI AVLOD QIZLARI" tanlovining tuman bosqichiga start berildi.

4-noyabr 2025-yil
image

Yurtimizda yosh avlod, ayniqsa qizlar oʻrtasida raqamli savodxonlikni oshirish, innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularni zamonaviy texnologiyalar sohasiga jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Raqamli avlod qizlari” tanlovining tuman bosqichiga start berildi
Tanlovda taʼlim muassasalarining oʻquvchi qizlari faol ishtirok etmoqdalar. Tanlov doirasida ishtirokchilar axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va koʻnikmalarini namoyish etish, ijodiy loyihalarini taqdim qilish hamda zamonaviy IT yechimlar orqali jamiyat rivojiga hissa qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Tuman bosqichida gʻolib deb topilgan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar. Tanlovning asosiy maqsadi — qizlarni raqamli dunyo imkoniyatlaridan toʻgʻri foydalanishga, startap loyihalar yaratishga va axborot texnologiyalari sohasida faol boʻlishga ruhlantirishdan iborat.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb