Yangiliklar
"Yoshlar kuni"
2-aprel 2026-yil
Yurtboshimiz tashabbusi bilan 9-sinf bitiruvchilarni hayot yoʻlini aniqlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Mazkur tashabbuslar ijrosini ta'minlash maqsadida "Yoshlar kuni" munosabati bilan Paxtaobod tumani 31-umumta'lim maktabida 9-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida soʻrovnomalar olindi.
Tadbir avvalida maktab rahbariyati hamda faol ota-onalar tomonidan ushbu amaliyotlar yoshlarni kelajakda oʻz yoʻllarini topishlariga chinakamiga koʻmak vazifasini oʻtab berishi alohida ta'kidlandi.