Yangiliklar

.

“SOLIQ BILIMLARI-YOSH AVLODGA» TANLOVIDA ANDIJONLIK QIZ 3-O'RINNI EGALLADI

17-aprel 2026-yil
image

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Yoshlar ishlar agentligi hamkorligida an'anaviy tarzda “Soliq bilimlari — yosh avlodga" ijodiy ishlar koʻrik-tanlovi tashkil etilmoqda.

Quvonarlisi, joriy yilning 16-18-aprel kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan ushbu tanlovning Respublika bosqichida Izboskan tumani 5-umumta'lim maktabi 11-sinf o'quvchisi Hosiyatxon Ibrohimova faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Iste'dodli o'quvchimizni ushbu natija bilan tabriklagan holda kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb