Yangiliklar
Vakant o'rinlarga munosib nomzodlarni shakllantirish yo'lida tizimli yondashuv
29-iyul 2026-yil
Andijon viloyati "Direktorlar Kengashi" a'zolari tomonidan vakant o'rinlarga munosib nomzodlarni shakllantirish bo'yicha tizimli ishlarni samarali tashkil etish maqsadida davra suhbati o'tkazildi.
Suhbat davomida Boshqarma boshligʻi U.Shukurov ishtirokida nomzodlarni saralash mezonlari, ularning kasbiy salohiyati va boshqaruv kompetensiyalarini baholash, kadrlar zaxirasini mustahkamlash hamda istiqbolli nomzodlarni aniqlash masalalari muhokama qilindi.
Yakunda vakant lavozimlarni malakali va salohiyatli kadrlar bilan ta'minlash yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|