Yangiliklar

.

XALQARO FAN OLIMPIADALARIDA SOVRINLI OʻRINNI QOʻLGA KIRITGAN YOSHLAR TAQDIRLANDI

17-sentabr 2026-yil
image

XALQARO FAN OLIMPIADALARIDA SOVRINLI OʻRINNI QOʻLGA KIRITGAN YOSHLAR TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni katta hayot yo‘lida o’z o’rinlarini topish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni yutuqlarini munosib taqdirlash va qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor berilib kelmoqda.

Xususan, joriy yilning 17-sentabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.Shukurov, Turkmanistonda boʻlib oʻtgan matematika olimpiadasi kumush medali sohibi, Al-Xorazmiy maktabi Andijon filiali 11-sinf oʻquvchisi Saidislombek Adaxamov hamda Al-Xorazmiy nomidagi informatika va matematika olimpiadasi bronza medali sohibi Andijon tumani ixtisoslashgan maktab 8-sinf oʻquvchisi Sirojiddin Ne'matovlar bilan uchrashdi.

Boshqarma boshligʻi mazkur yoshlarni yutuqlari bilan tabriklagan holda Fan olimpiadalari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi safida Andijonlik oʻquvchi-yoshlar yanada koʻpayishi zarur ekanligi ta'kidlandi.

Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb