Yangiliklar

.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

26-sentabr 2026-yil
image

Joriy yilning 26-sentabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kuzgi attestatsiya jarayonlarida viloyat pedagoglarining natijador ishtirokini ta’minlash va 7-11-sinf o'quvchilarini qiziqishlarini aniqlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Boshqarma boshlig‘i U. Shukurov raisligida o‘tgan yig‘ilishda tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishga mas’ul tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’lim obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kuzgi attestatsiyada pedagoglarning yuqori natijalarni qayd etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari asosida maktab rahbarlarining ular bilan suhbatlarini tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb