Yangiliklar
MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon viloyati, Xo'jaobod tumani 14-maktabda pul yig'imlari" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan)
31-avgust 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon viloyati, Xo'jaobod tumani 14-maktabda pul yig'imlari" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Mazkur holat bo'yicha quyidagilar ma'lum qilinadi:
O‘rganishlar davomida maktab yangi zamonaviy ta'mirdan chiqarilganligi sababli bir guruh ustozlar tomonidan xonalariga yangi pardalar o‘rnatish tashabbusi pedagoglarning o‘zlari tomonidan bildirilgani hamda ushbu maqsadda mablag‘ yig‘ish masalasi o‘zaro muhokama qilingani ma’lum bo‘ldi.
Ammo mazkur holatlar nazoratga olinganligidan hamda ushbu tashabbus ba'zi pedagoglarga noqulaylik keltirib chiqarishi inobatga olingan holda oldi olinganligi va pardalar hamda boshqa zaruriy narsalar tuman MMTB tomonidan berilishi ma'lum qilindi.
Xo'jaobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi