Yangiliklar

.

MUNOSABAT (Joriy yilning 1-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Andijondagi 16-maktab holati" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan)

2-sentabr 2026-yil
image

Joriy yilning 1-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Andijondagi 16-maktab holati" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda aks etgan holat o'rganilganda mazkur tasvirlarda Buloqboshi tumanida joylashgan 16-umumta'lim maktabining filiali ekanligi ma'lum boldi.

Mazkur ta’lim muassasasi Buloqboshi tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabining filiali hisoblanib, filialda jami 4 ta sinfxona mavjud.

Ayni vaqtda filial binosida ta’mirlash va qurilish ishlari tugatilib, tozalash ishlari olib borilayotgani sababli, bu yerda tahsil olgan o‘quvchilarning ta’lim jarayoni vaqtincha 16-sonli umumta’lim maktabining asosiy binosida tashkil etilgan.

Filialdagi tozalash ishlari tez kunlarda to‘liq yakunlanib, o‘quv jarayoni uchun zarur sharoitlar yaratilgach, o‘quvchilar filial binosida ta’lim olishni davom ettirishini ma’lum qilamiz.

Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb