Yangiliklar
MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda "Asaka tumani 51-umumta'lim maktabida dars taqsimoti" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan)
4-sentabr 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda "Asaka tumani 51-umumta'lim maktabida dars taqsimoti" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabida dars soatlari taqsimoti yuzasidan tarqalgan murojaat Asaka tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab pedagoglariga dars soatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2025-yil 28-oktabrda 3271-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror talablariga muvofiq taqsimlandi.
Mazkur tartibdagi dars soatlarini taqsimlashga oid yangi mezonlar 2026-yil 1-avgustdan kuchga kirgan.
Xususan, amaldagi tartibga ko‘ra, dars soatlarini taqsimlashda pedagoglarning malaka toifasi, tegishli fan bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga egaligi hamda Nizomda belgilangan boshqa ustuvor mezonlar hisobga olinadi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, maktabda dars soatlarini taqsimlash jarayonida amaldagi tartib talablariga zid holat aniqlanmadi.
Asaka tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi