Yangiliklar
MUNOSABAT (Joriy yilning 4-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon shahridagi 7-maktab holati" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan)
4-sentabr 2026-yil
Joriy yilning 4-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon shahridagi 7-maktab holati" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalardagi holat darhaqiqat Andijon shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabiga tegishli ekanligini ma’lum qilamiz.
O‘rganish davomida maktab binosining tashqi qismi, xususan, tom qismida ta’mirtalab holatlar mavjudligi aniqlandi.
Ammo ayni vaqtda mazkur holat o‘quv jarayonlarini tashkil etishga to‘sqinlik qilmaydi, maktabda ta'lim jarayonlari uchun zaruriy barcha sharoitlar yaratilgan va dars mashg‘ulotlari belgilangan tartibda davom etmoqda.
Mazkur umumta’lim maktabini Investitsiya dasturi asosida to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari doirasida mavjud muammolarni ham bartaraf etish ko‘zda tutilgan.
Andijon shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi