Yangiliklar
MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda "Qo'rg'ontepa tumanidagi 4-maktabda svet yo'qmi" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan)
16-sentabr 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda "Qo'rg'ontepa tumanidagi 4-maktabda svet yo'qmi" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan tarqalgan murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur binoning elektr energiyasidan qarzdorligi mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Qo‘rg‘ontepa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan olib borilgan muloqotlar natijasida binoning elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Mavjud qarzdorlik yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limiga tegishli ma’lumotlar taqdim etilib, qarzdorlikni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralari belgilandi.
Ayni vaqtda maktab binosida elektr ta’minoti mavjud bo‘lib, o‘quv jarayonlari belgilangan tartibda davom etmoqda.
Qo'rg'ontepa tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi