Yangiliklar
MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda "Bo‘ston tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari" mavzusida tarqalgan xabarlar yuzasidan)
20-sentabr 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda "Bo‘ston tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari" mavzusida tarqalgan xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ston tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan tarqalgan murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida murojaatda qayd etilgan hududda yengil konstruksiya asosida maktab o‘quvchilarining texnologiya fani doirasidagi amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish joy qurilayotgani, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, mazkur yengil konstruksiyali binoning barpo etilishi maktab rahbari yoki boshqa biror shaxsga ushbu yer maydoni yoxud binoga nisbatan egalik huquqini bermasligini ma’lum qilamiz.
O‘rganish davomida mazkur hududni savdo do‘koni, umumiy ovqatlanish shoxobchasi yoki boshqa shaxsiy tijorat maqsadlarida foydalanish uchun egallash bilan bog‘liq holatlar aniqlanmadi.
Bo'ston tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi