Yangiliklar

.

MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda “Buloqboshi tumani 43-MFIDUMda o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanishi” masalasida tarqalgan xabarlar yuzasidan)

22-sentabr 2026-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buloqboshi tumani 43-MFIDUMda o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanishi” masalasida tarqalgan xabarlar yuzasidan

MUNOSABAT

Mazkur holat mas’ullar tomonidan o‘rganildi.

Ma’lumki, umumta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ayrim darsliklar yangilanib, qayta nashr etilayotgani sababli yangi adabiyotlarni ta’lim muassasalariga yetkazib berish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Yangi namunadagi darsliklar yetkazib berilgunga qadar maktablarda mavjud amaldagi darsliklardan o‘quv jarayonida foydalanish belgilangan.

O‘rganish davomida 43-MFIDUMda amaldagi darsliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, 4-sinfdagi ayrim o‘quvchilarga ular o‘z vaqtida to‘liq tarqatilmagani aniqlandi. Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli choralar ko'rildi.

Ayni vaqtda o‘quvchilar mavjud darsliklar bilan ta’minlanganligini ma’lum qilamiz.

Buloqboshi Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb