Yangiliklar
MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda "Buloqboshi tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabida kimyo va fizika fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tilmayotgani" yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha)
30-sentabr 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda "Buloqboshi tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabida kimyo va fizika fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tilmayotgani" yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatda keltirilgan holatlar Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktabdagi dars taqsimoti, mashg‘ulotlar jadvali hamda kimyo va fizika fanlarining o‘tilishi holati ko‘rib chiqildi. Natijada murojaatda qayd etilgan mazkur fanlardan dars mashg‘ulotlari o‘tilmayotgani haqidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Xususan, 13-sonli umumta’lim maktabida kimyo va fizika fanlari Davlat ta’lim standartlari hamda tasdiqlangan o‘quv reja va dars jadvali asosida belgilangan hajmda o‘qitib kelinayotgani aniqlandi.
Shu sababli murojaatda keltirilgan kimyo va fizika fanlaridan bir oy davomida dars mashg‘ulotlari tashkil etilmagani haqidagi vajlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi