Yangiliklar
MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ston tumanidagi 48-IDUMga o‘quvchini qayta qabul qilish bilan bog‘liq tarqalgan murojaat yuzasidan)
23-sentabr 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ston tumanidagi 48-IDUMga o‘quvchini qayta qabul qilish bilan bog‘liq tarqalgan murojaat yuzasidan
MUNOSABAT
Mazkur murojaatda keltirilgan holat Bo‘ston tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
Ma’lumki, o‘quvchini bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish belgilangan tartibda elektron davlat xizmati orqali amalga oshiriladi. Ota-ona farzandini boshqa maktabga ko‘chirish uchun elektron shaklda ariza yuborishi mumkin.
O‘rganish davomida murojaatda qayd etilgan o‘quvchi joriy o‘quv yilida 48-IDUMdan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgani, keyinchalik esa avvalgi maktabiga qaytish istagi bildirilgani ma’lum bo‘ldi. Biroq ayni vaqtda 48-IDUMning tegishli sinfida bo‘sh o‘rin mavjud emasligi sababli o‘quvchini ushbu maktabga qayta qabul qilish imkoniyati mavjud emas.
O‘quvchining ta’limdan chetda qolmasligini ta’minlash maqsadida uning yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi umumta’lim maktabida ta’limini davom ettirishi yuzasidan ota-onasiga tegishli tushuntirishlar berildi
Bo‘ston tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi