Yangiliklar

.

BOSHQARMA BOSHLIGʻI BOGʻISHAMOLLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI

15-oktabr 2026-yil
image


Xabaringiz bor, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni katta hayot yo‘lida o’z o’rinlarini topish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni munosib kasb-hunarga ega bo‘lishlari uchun har bir rahbar ma’sul tamoyili asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 15-oktabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.Shukurov Andijon sharidagi 9-umumta'lim maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan muloqotda bo’ldi.

Suhbatda Boshqarma boshlig’i tomonidan aynan yoshlar muammolarini tizimli hal etish bo’yicha toifalab chiqilib, ularga har tomonlama ko’mak berish maqsadida aynan shu kabi muloqotlar tashkil etilayotganligi alohida ta’kidlanib, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi.

Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb