Yangiliklar
BOSHQARMADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILMOQDA
21-avgust 2023-yilBOSHQARMADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILMOQDA
Xabaringiz bor, viloyatimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 196-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy hujjatlarni yangi tahrirda tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i bilan tanishish va muassasalarda korrupsion holatlarni oldini olish, yo‘nalishda profilaktik nazoratni yo‘lga qo‘yish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishlar boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur yigʻilishlarning navbatdagisi Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida bo‘lib, unda boshqarma boshlig’I R.Karimov tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha taʼlim muassasalari ta’minotchilari, tuman shahar qurilish mutaxassislari va kadrlar bo‘limi mutasaddilariga barcha amaliyotlarni belgilangan tartiblar asosida shaffof ravishda amalga oshirishda profilaktik nazoratni amalga oshirish zarur ekanligi alohida taʼkidlandi.