Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Yoshlar Andijon viloyati hokimligida

1-fevral 2024-yil
image

Yoshlar Andijon viloyati hokimligida

2023-yilning 23-dekabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtgan.

Unda Marhamat tumanidagi 40-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi tomonidan yoshlar barcha davlat boshqaruv organlari faoliyatini, umuman olganda ularning qanday ishlashini oʻz koʻzi bilan koʻrishni xohlashi bildirilgan edi. Mazkur taklif viloyat hokimi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Yanvar oyida Marhamat tumanidan bir guruh faol yoshlarning Andijon viloyati hokimligi binosiga safarlari tashkil etildi.

Yoshlarimiz viloyat hokimi oʻrinbosarlari, kotibiyatlar va guruhlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb