Yangiliklar
XONOBOD SHAHRIDA TA'LIM TIZIMI SAMARADORLIGIDA AXBOROT-TEXNOLOGIYALARINING OʻRNI MAVZUSIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
2-fevral 2024-yilXONOBOD SHAHRIDA TA'LIM TIZIMI SAMARADORLIGIDA AXBOROT-TEXNOLOGIYALARINING OʻRNI MAVZUSIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
Xabaringiz bor, Andijon viloyatida yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻquvchi-yoshlarga kerakli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.
Mazkur ishchi guruh tomonidan joriy yilning 1-fevral kuni Xonobod shahrida viloyatimizdagi tuman, shahar maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimlarining AKTni joriy etish boʻlimi ma'sullari, Xonobod hamda Qoʻrgʻontepa tumanlari direktorlari va informatika fani oʻqituvchilari ishtirokida "Ta'lim tizimini rivojlantirishda Axborot texnologiyalarini o‘rni" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi vakili S.Mo‘minov ishtirok etib, ta'lim jarayonlariga axborot-texnologiyalarini joriy etish qulayliklari yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.