Yangiliklar
BO'STONLIK O'QUVCHI-YOSHLAR HARBIY SPORT TURLARI BO'YICHA O'ZARO BELLASHDILAR
7-fevral 2024-yilBO'STONLIK O'QUVCHI-YOSHLAR HARBIY SPORT TURLARI BO'YICHA O'ZARO BELLASHDILAR
Bo‘ston tumanidagi 14-umumta’lim maktabida "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan tumandagi umumta’lim maktablarining "Vatan tayanchi" otryad a’zolari o‘rtasida harbiy musobaqa tashkil etildi.
Musobaqaning ochilish marosimida Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik B.Sultonxadjayev, nafaqadagi podpolkovnik A.Mamaraziqovlar tomonidan yoshlarga vatanga xizmat qilish va uning sarhadlarini munosib himoya etish har bir yigitning eng oliy burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar safda yurish, arqon tortish, tosh ko‘tarish, qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Yakunda har bir shart bo'yicha faol ishtirok etgan jamoalar nominatsiyalar bo‘yicha munosib taqdirlandi.