Yangiliklar
Viloyat hokimi 30-maktabning bitiruvchi yoshlari bilan (2-marta) uchrashdi
8-fevral 2024-yilViloyat hokimi 30-maktabning bitiruvchi yoshlari bilan (2-marta) uchrashdi
Kuni kecha Andijon viloyat hokimining bitiruvchi yoshlar navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtgandi. 30-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan uchrashuvda 150 nafarga yaqin bitiruvchilar bilan suhbat, maktab faoliyati boʻyicha qoʻshimcha harakatlar tashkil etildi.
Jumladan, oʻquvchilarning darslarga muntazam qatnashishi va taʼlim jarayonlari davomida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar ilgari surilgan edi.
Ushbu holatlar boʻyicha yangi rejalarni amalga oshirilishini yaqindan nazorat qilish maqsadida Shuhratbek Abdurahmonov bugun takroran ushbu maktabda boʻldi.
Milliy gvardiya rahbariyati va mahalla rasmiylari ishtirokida maktab faoliyatida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, oʻquvchilar bilan ishlashda yangicha yondashuvlar amalga oshirilishi boshlandi.