Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIG‘I CHEKKA HUDUDLARDAGI MAKTABLARNI KO'ZDAN KECHIRDI
17-fevral 2024-yilBOSHQARMA BOSHLIG‘I CHEKKA HUDUDLARDAGI MAKTABLARNI KO'ZDAN KECHIRDI
Xabaringiz bor, yurtboshimiz tomonidan o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim va munosib tarbiya olishlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi bois, bugungi kunda ta’lim muassasalari rahbarlari maktablardagi har bir masalalarni ichiga kirgan holda ularga yechim topishda jonbozlik ko‘rsatishlari zarurligi ko‘p bora ta’kidlanmoqda.
Joriy yilning 17-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Karimov Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 54-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘quvchilarining o'z oldiga qo'ygan maqsadlari va kelajakdagi rejalari yuzasidan ular bilan fikr almashdi.
Boshqarma boshlig‘i tomonidan muassasa holati ko‘zdan kechirilganda maktab rahbari Q.J maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni muntazam darslarda ishtirok etishlarini ta’minlash va ota-onalar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalarda o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgani aniqlanib, lavozimidan ozod etildi.