Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIG‘I ANDIJON SHAHRIDAGI 17-UMUMTA’LIM MAKTABINI KO’ZDAN KECHIRDI
22-fevral 2024-yilBOSHQARMA BOSHLIG‘I ANDIJON SHAHRIDAGI 17-UMUMTA’LIM MAKTABINI KO’ZDAN KECHIRDI
Xabaringiz bor, yurtboshimiz tomonidan o‘quvchi-yoshlarga sifatli ta’lim va munosib tarbiya olishlari yo'nalishlarida qator islohotlar ilgari surilib, tizim rahbarlariga maktablardagi holatlarni joyida o'rganish bo'yicha topshiriqlar berilmoqda.
Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 22-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Karimov Andijon shahridagi 17-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘quvchilarining zaruriy o’quv qurollar hamda darsliklar bilan darslarga muntazam qatnashishlari, ularni kundalik.com platformasiga joylanishini ko’zdan kechirib, maktab oshxonasida xizmat ko’rsatayotgan tadbirkorlarga maktabda sotilishi ta’qiqlangan mahsulotlarni sotuvini to’xtatish zarurligi bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Qolaversa boshqarma boshlig’i muammoli o’quvchilar bilan ishlashda Milliy Gvardiya tizimi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, darsga kelmagan maktab o’quvchisi R.Jning uyiga ma’sullar bilan borganda o'quvchining ota-onasi tomonidan darhaqiqat R.Jning betobligi ma’lum qilindi.