Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Andijon viloyati hokimi 37-maktabda ustozlar va oʻquvchilar bilan uchrashdi

4-mart 2024-yil
image

Andijon viloyati hokimi 37-maktabda ustozlar va oʻquvchilar bilan uchrashdi
 


Andijon shahrida joylashgan 37-umumtaʼlim maktabida viloyat rahbarining oʻquvchi yoshlar va ustozlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari barcha ayol oʻqituvchilar va oʻquvchi qizlarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Uchrashuv davomida taʼlim tizimiga yangi gʻoyalar kiritish, farzandlarni oʻqitishda sezilarli burilish yasashni maqsad qilgan takliflar ilgari surildi. Oʻquvchilarni zamonaviy bilim berish metodikalari yordamida chuqurlashtirilgan holda oʻqitish, jahon tillarini mukammal oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikrlar bildirib oʻtildi.

Tarbiyaviy borada oʻzgarish sezilayotgan oʻquvchilar bilan alohida ishlash, uning oʻz ishtirokida samarali rejalar ishlab chiqish masalalari toʻgʻrisida ustozlar bilan fikrlar almashildi.

Shuningdek, oʻz ijod namunalari bilan oʻrtoqlashgan maktabning iqtidorli oʻquvchilariga viloyat hokimi tomonidan alohida ehtirom koʻrsatildi.

-Kelgusida maktabingizga yana kelaman va bugungi uchrashuvda kelishib olingan rejalar ijrosini birgalikda koʻrib chiqamiz, deya taʼkidlab oʻtdi viloyat rahbari tadbir yakunida.

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb