Sayt test rejimida ishlamoqda

Missiya, maqsad va vazifalar

.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI TIZIMINI MISSIYA, MAQSAD VA VAZIFALARI

 •       umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida oʼquvchilarning maʼnaviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yoʼnaltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

•        maktabdan tashqari taʼlimga boʼlgan umumiy oʼrta taʼlim davlat taʼlim standartlari va davlat talablariga muvofiq umumtaʼlim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish;

•        oʼqituvchi kasbining maqomi va obroʼsini koʼtarish, umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlanishini taʼminlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;

•        oʼquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yoʼnaltirishning samarali uslublarini, oʼquvchilarning oʼquv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda oʼqitish va tarbiyalashni joriy qilish;

•        umumtaʼlim muassasalarida chet tilini oʼqitishning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

•        mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllagan holda yangilangan oʼquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan oʼquv va oʼquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;

•        nodavlat taʼlim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish;

•        pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha ilgʼor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish;

•        «Mehribonlik» uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʼnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʼunlashuviga koʼmaklashish;

•        jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari boʼlgan hamda davolanish va sogʼlomlashtirishga muhtoj boʼlgan bolalarga ijtimoiy kafolatlarni taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning taʼlim va tarbiya (shu jumladan, inklyuziv) olishlariga koʼmaklashuvchi mos muhitni yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish;

•        oʼquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʼoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot gʼoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;

•        umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tomonidan davlat taʼlim standartlari va talablarining bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;

•        umumtaʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʼquvchilariga kasb-hunar taʼlimini taʼminlash boʼyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

•        Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning bino va inshootlaridan foydalanish boʼyicha ishlar monitoringini olib borish va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish.

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb