OCHIQ MA'LUMOTLAR
OCHIQ MAʼLUMOTLAR SIFATIDA JOYLASHTIRILISHI KERAK BO‘LGAN IJTIMOIY AHAMIYATGA MOLIK MAʼLUMOTLAR RO‘YXATI
№ | Axborotning turi, toifalar nomlanishi (parametrlar) | Havola | Yangilangan vaqti |
1. | Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatiga oid hisoboti (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan maʼlumotlar bundan mustasno). (PF-6247, 1-band) | 15.07.2022-yil | |
2. | Davlat xaridlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar). (PF-6247, 3-band) | 07.07.2022-yil | |
3. |
Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan maʼlumotlar bundan mustasno). (PF-6247, 4-band) |
07.07.2022-yil | |
4. | Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi maʼlumotlar (xarid eʼlon qilinishidan kamida 6 oy oldin). (PF-6247, 5-band) | 14.07.2022-yil | |
5. |
Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar, shu jumladan: xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror; xarid komissiyasi aʼzolarining maʼlumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi). (PF-6247, 6-band) |
15.07.2022-yil | |
6. |
Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risidagi va boshqa maʼlumotlar. (PF-6247, 14-band) |
07.07.2022-yil | |
7. | Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar, qurilishi tugallanmagan obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno). (PF-6247, 15-band) | 07.07.2022-yil | |
8. | Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida masʼul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya aʼzolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi) to‘g‘risidagi maʼlumotlar. (PF-6247, 16-band) | 01.07.2022-yil | |
9. |
Quyidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar egalarining ismi va familiyalari: xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish; isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish; bank faoliyatini amalga oshirish; mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish; farmatsevtika faoliyati; ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyati; neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati; magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash faoliyati; import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish; davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish. (PF-6247, 17-band) |
01.07.2022-yil | |
10. |
Davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar, shu jumladan: jamoatchilik kengashining tasdiqlangan aʼzolari haqidagi maʼlumotlar bilan bir qatorda ularning aloqa maʼlumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari); jamoatchilik kengashining yig‘ilishlari va kun tartibidagi masalalar. (PF-6247, 29-band) |
15.07.2022-yil | |
11. |
Davlat organlari va tashkilotlarining tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan maʼlumotlar bundan mustasno). (PF-6247, 30-band) |
15.07.2022-yil | |
12. |
Davlat organlariga doimiy foydalanish uchun berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklarni davlat-xususiy sheriklik asosida olgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlar. (PF-6247, 31-band) |
15.07.2022-yil | |
13. |
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning tashqi yoki ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar. (PF-6247, 32-band) |
01.07.2022-yil | |
14. |
O‘zlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar. (PF-6247, 34-band) (Xalq taʼlimi vazirligi tarkibidagi Respublika tashkilotlari va hududiy bo‘linmalar) |
Respublika tashkilotlari Hududiy bo‘linmalar |
15.07.2022-yil |