Новости
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ayni damda Andijonda bo‘lib turibdi.
15 июль 2026 год
Vazir Andijondagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ayni damda Andijonda bo‘lib turibdi.
Dastlab vazir Andijon shahridagi 37-DMTT faoliyatini ko‘zdan kechirdi hamda mas’ullar bilan muloqot davomida bog‘chani zamonaviy metodikalar asosida jihozlash va ta'lim mazmuniga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, vazir Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabida ham bo‘ldi.
Jarayonlar davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, 1-sinf qabul shtabi faoliyati hamda muassasaning sobiq bitiruvchilari homiyligida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.