Yangiliklar

.

Vazir Andijondagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ayni damda Andijonda bo‘lib turibdi.

15-iyul 2026-yil
image

Dastlab vazir Andijon shahridagi 37-DMTT faoliyatini ko‘zdan kechirdi hamda mas’ullar bilan muloqot davomida bog‘chani zamonaviy metodikalar asosida jihozlash va ta'lim mazmuniga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi.

 Shuningdek, vazir Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabida ham bo‘ldi.

Jarayonlar davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, 1-sinf qabul shtabi faoliyati hamda muassasaning sobiq bitiruvchilari homiyligida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb