Янгиликлар
Vazir Andijondagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ayni damda Andijonda bo‘lib turibdi
15 июль 2026 йил
Dastlab vazir Andijon shahridagi 37-DMTT faoliyatini ko‘zdan kechirdi hamda mas’ullar bilan muloqot davomida bog‘chani zamonaviy metodikalar asosida jihozlash va ta'lim mazmuniga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, vazir Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabida ham bo‘ldi.
Jarayonlar davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, 1-sinf qabul shtabi faoliyati hamda muassasaning sobiq bitiruvchilari homiyligida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.