Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining yangi yil tabrigi

31-dekabr 2022-yil
image

Assalomu alaykum, aziz hamkasblar, qadrli ustozlar.

Sizlarni, Yangi – 2023 yil bilan samimiy muborakbod etaman.

Shu quvonchli damlarda sizlarga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxtu saodat tilayman!

Bugun, Yangi yil ostonasida turib, o‘tayotgan yildan rozi bo‘lsak, Yaratganga har qancha shukronalar aytsak, arziydi.

Yangi – 2023 yil Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" deb e’lon qilinganligi, “Yangi O‘zbekistonning bunyodkori muallimlardir”- degan g‘oyani ilgari surilganligi ham oldimizga yuksak maqsadlar va vazifalar yuklaydi.

Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir. 

Sizlarni va oila a’zolaringizni Yangi – 2023 yil bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman! 

Yoshlar bilan ishlovchi eng yirik tizimlardan biri ekanligimizni, beg‘ubor 7 yoshli bolani mustaqil vatanga vafodor bilimli kadr qilib tayyorlashga bel bog‘lagan soha vakili sifatida bu yil ikki barobar qattiq mehnat qilishimiz zarurligini ta’kidlagan holda, kirib kelayotgan yangi yil biz, pedagoglar uchun eng yaxshisi bo‘lishini, Vatanimiz ertangi kuni bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashdek yuksak va sharafli ishlaringizga cheksiz muvaffaqiyatlar tilab qolaman.  

Yangi yilimiz qutlug‘ va barakali kelsin!

Keksalarimizning umrini, yoshlarimizning kamolini bersin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
    
Hurmat bilan,

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i G.Omonova

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb