Yangiliklar

.

"RAQAMLI AVLOD QIZLARI" RESPUBLIKA TANLOVIDA ANDIJONLIK QIZLAR SOVRINDOR BO‘LDI

5-mart 2026-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qizlar o‘rtasida IT sohasini yanada rivojlantirish maqsadida “Raqamli avlod qizlari” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 1–6-mart kunlari Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida ushbu tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, mazkur tanlovda 16–20 yosh toifasida Andijon sharafini himoya qilgan Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Mahfuzaxon Qobuljonova  hamda Nurgul Maxmudova “Iqlim o‘zgarishi” yo‘nalishi bo‘yicha “OxyLife” loyihasi bilan munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur yutuq Andijon viloyati yoshlari, xususan, qizlarning zamonaviy texnologiyalar, innovatsiya va tashabbuskorlik borasidagi salohiyati yuksalib borayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Ma’lumot uchun: tanlovning Respublika bosqichida har bir yosh toifasi bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan "3 ta loyiha ishi" — ya’ni "1-, 2- va 3-o‘rinlar" g‘olib deb topiladi.

G‘olib va sovrindorlarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@andijonvxtb
@and_mmtb
/andijonvxtb