Yangiliklar
"YOSHLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI BOSHLIGʻINING YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLARI OʻTKAZILDI
6-mart 2026-yil
Xabaringiz bor, Yurtboshimiz tomonidan haftaning payshanba kunlari “Yoshlar kuni” etib belgilanib, ertangi kun egalari bilan ishlash samaradorligi oshirish bo’yicha qator vazifalar belgilab berildi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi barcha 829 ta ta’lim maskanlarida boshqarma boshliqlari, tuman hokimlari va hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshliqlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Xususan, Andijon viloyati MMTB boshlig'i U.Shukurov ham Andijon shahridagi 19- hamda 43-umumta’lim maktabida bo’lib, bitiruvchilarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va kelajakdagi rejalari xususida fikr almashdi.
Qolaversa, Bobur shahridagi 1-maktabda boshqarma boshligʻi Respublika fan olimpiadasida ishtirok etuvchi yoshlar bilan suhbatlashib, munosib oʻrinlarni egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ta'kidladi.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram | (https://t.me/and_mmtb) Facebook | (https://www.facebook.com/andijon.mmtb/) Web sayt (https://andijon.uzedu.uz/uz)