Yangiliklar
"MAKTABLARDAGI ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI MAVJUD OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASH" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
7-avgust 2026-yil
Joriy yilning 7-avgust kuni umumta’lim maktablarida alohida ta’lim ehtiyojlari mavjud oʻquvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Umumta’lim maktablaridagi alohida ta’lim ehtiyojlari mavjud oʻquvchilar bilan ishlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati avvalida MMTB boshligʻi oʻrinbosari G.Omonova tomonidan maktablarda "Toʻsiqsiz muhit"ni yaratish, alohida ta’lim ehtiyojlari mavjud oʻquvchilar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berib oʻtildi.
Shuningdek, boshqarma kadrlar boʻlimi, komplaens nazorat xizmati hamda Ijtimoiy himoya agentligi ma'sullari tomonidan muloqotda ishtirok etayotgan inklyuziv sinflari mavjud maktab rahbarlariga ushbu oʻquvchilar bilan ishlashda individual yondashuvni ta’minlash hamda ularning ijtimoiy moslashuvini qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berildi.