Yangiliklar

.

Yoshlar muammolariga yechim — ochiq muloqotda

6-avgust 2026-yil
image

Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Bobur shahrida yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, bandlikni ta’minlash, kasb-hunar va oliy ta’lim, imtiyozli kreditlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni qiynab kelayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Viloyat hokimi har bir murojaatni shaxsan ko‘rib chiqib, mas’ullar ishtirokida ularning yechimi bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Qator muammolar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa ijrosi nazoratga olindi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarning ta’lim olishi, munosib ish o‘rniga ega bo‘lishi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish borasida amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Ochiq muloqot yoshlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi samarali muloqotni yanada mustahkamlash, ularning muammolarini tezkor va manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@andijon.mmtb
@and_mmtb
/and_mmtb